«gaz zapravka» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
23 aprel 2024, 09:33

Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi

Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.

Toshkent viloyatidagi “zapravka” 37,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
19 fevral 2024, 09:30

Toshkent viloyatidagi “zapravka” 37,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Ohangaron tumanidagi “zapravka”lardan biri yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bundan ko‘rilgan zarar 37,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Sirdaryoda 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
12 yanvar 2024, 09:44

Sirdaryoda 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi

Boyovut tumanidagi metan “zapravka”lardan biri 62,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi
13 sentabr 2023, 11:14

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.

O‘zbekistonda gaz “zapravka”laridagi narxning maksimal chegarasini 3250 so‘m etib belgilash rejalashtirilmoqda
10 sentabr 2023, 17:18

O‘zbekistonda gaz “zapravka”laridagi narxning maksimal chegarasini 3250 so‘m etib belgilash rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati qarori loyihasida yaqin olti oyda gaz to‘ldirish shoxobchalarida gazning maksimal chakana narxi 3250 so‘mdan oshmasligi uchun “qat’iy choralar” ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.

Farg‘onada gaz “zapravka” 5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
7 sentabr 2023, 15:25

Farg‘onada gaz “zapravka” 5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Oltiariq tumanidagi gaz “zapravka” 27 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.

Metan «zapravka»larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi — prezident
3 fevral 2023, 13:56

Metan «zapravka»larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev hafta davomida gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish hajmi 5 barobarga oshirilganini ma’lum qildi.

Metan «zapravka»lar ayrim mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotgani rad etildi
19 yanvar 2023, 16:16

Metan «zapravka»lar ayrim mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotgani rad etildi

«O‘ztransgaz» ba’zi «zapravka»lar mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotganini rad etdi. Unga ko‘ra, kunning ma’lum qismida 1 soatdan 3 soatgacha davlat tashkilotlari avtomobillariga xizmat ko‘rsatilmoqda. Harorat ko‘tarilgach, barcha shoxobchalar odatdagi ish tartibiga qaytadi.

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka» aniqlandi
11 yanvar 2023, 10:15

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka» aniqlandi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron tumanida noqonuniy faoliyat yuritayotgan «zapravka»larni aniqladi. AGTKSHlarning uskunalari foydalanishga yaroqsizligi, elektr energiyasidan jami 111 mln so‘m qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan «zapravka» mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 yanvar 2023, 10:54

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan «zapravka» mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Yangiyo‘l tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan «zapravka»ni aniqladi. Holat bo‘yicha AGTKSH va «O‘ztransgaz» hududiy boshqarmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahrida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan gaz «zapravka»lari aniqlandi
29 dekabr 2022, 12:18

Toshkent shahrida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan gaz «zapravka»lari aniqlandi

Energetika vazirligi Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida noqonuniy faoliyat olib borayotgan gaz quyish shoxobchalarini aniqladi. Ulardan biri ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda, boshqa biri esa gaz hisoblagich parametrlarini o‘zgartirgan holda ish olib borgan.

Surxondaryoda gaz «zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi
12 dekabr 2022, 10:22

Surxondaryoda gaz «zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi

Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.

«Nima uchun yo‘q gazga pul to‘layapmiz?» Toshkentdagi mahallada «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketdi
4 dekabr 2022, 23:49

«Nima uchun yo‘q gazga pul to‘layapmiz?» Toshkentdagi mahallada «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelishini aytib, ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Toshkentdagi shoxobchalar oldida esa ichki ishlar xodimlari navbatchilik qilishni boshladi.

Respublika bo‘ylab gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha cheklanadi
10 noyabr 2022, 00:07

Respublika bo‘ylab gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha cheklanadi

«O‘ztransgaz» ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 9 noyabrdan boshlab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari maxsus jadval asosida ishlashini ma’lum qildi.

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin
21 sentabr 2022, 18:18

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin

Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting